Kasallikning asosiy alomatlari isitma, yoʻtal va nafas qisishidir. U
pnevmoniya hamda oʻtkir nafas olish distress-sindromi keltirib chiqarishi mumkin.
Ayni damda COVID-19 ga qarshi vaksina yoki preparat yoʻq. Kasallikni
boshqarish simptomlarni davolash hamda yordam terapiyasidan iborat.